O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash vazirining 2016 yil 20 yanvardagi 34-sonli buyrug’iga
ILOVA

SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TIZIMIDAGI BARCHA BOSHQARUV APPARATI, TIBBIYOT DAVOLASH PROFILAKTIKA HAMDA OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT, KORXONALARDAGI XODIM VA TALABALARNING TIBBIY DEONTOLOGIYASI VA MADANIYATI TO’G’RISIDAGI
NIZOM

I.  UMUMIY QOIDALAR

  • Mazkur Nizomning maqsadi, vazirlik tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash profilaktika xamda oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalar (bundan keyin muassasa) uchun namunali kiyinish me’yorlarini belgilash, shuningdek, deontologik nuqtai nazardan sog’lom ma’naviy, ijtimoiy psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan o’zaro xurmat munosabatlarini mustaxkamlashdan iborat.
  • Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” xamda “Tibbiyot ta’limi muassasalarida amaldagi “Odob-axloq qoidalari”ga muvofik, ishlab chiqilgan.
  • Ushbu Nizomning talablari barcha tibbiyot xodimlari, professor-o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) xamda talabalar uchun majburiy xisoblanadi.
  • Nizomda ko’rsatilgan “qoidalar” tashkilot ichki me’yoriy xujjatlariga kiritilishi shart.

II.  Muassasa xodimlari va talabalarning muomalasi va kiyinishiga qo’yiladigan talablar

  • Dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga muvofiq, jiddiy, ishchan va didli, ziyoli shaxc qiyofasini shakllantirish maqsadida korporativ kiyinish uslubi talablariga amal qilinadi.
  • Muassasada raxbar xodimlar, pedagog, shifokor (yoki bo’lajak pedagog, shifokor) kasbiga mos xolda kiyinishlari talab etiladi.  Tibbiyot xodimi o’zini tutish san’ati, muloqot madaniyati va kasbdoshlar o’rtasida xamda bemorlar bilan muloqotda xurmat, mexr-muruvvat ko’rsatishi shart.  Bunda o’qituvchi va murabbiylar talabalarga namuna ko’rsatishlari lozim.

1Jamoa a’zolarining tibbiyot ta’limi, davolash-profilaktika muassasalarida odamlar diqqatini tortadigan, ya’ni xaddan tashqari tor yoki ochiq kiyimda, shuningdek, milliy-an’anaviy shakllarga zid kiyimlarda, g’ayrioddiy soch turmaklari, ortiqcha bo’yangan, “ommaviy madaniyat” belgilarini o’zida namoyon eta olgan sport kiyimi va poyabzalida kelishi taqiqlanadi.

  • Tibbiyot ta’lim va davolash-profilaktika muassasalariga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelish talab etiladi.  Tanaga bodiard uslubida turli suratlar  chizdirish, tatuaj va pirsinglar tushirish odob-axloq, qoidalariga zid xisoblanadi.  Muassasa, tashkilot va institutlarga bu xolda kelish man etiladi.

III.  Muassasa xodimlari va talabalarning muomalasi, kiyinish qoidalari

  • Tibbiyot muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan va ta’lim olayotgan ayol tibbiyot xodimi va talabalariga qo’yilgan talab:
  • Xodimlar kasbdoshlari o’rtasida, shuningdek, bemorlar bilan muloqot jarayonida ularga xurmat va mexr-muruvvat ko’rsatishlari kerak.  
  • Ustki kiyimning turlari bichimi ortiqcha bezaklardan xoli, klassik shakldagi kostyum, yubka, bluzka va kuylakdan iborat bo’lishi muxim.
  • Kostyum, yubka va kuylaklar qora, kulrang, ko’k ranglardagi sidirra yoki chiziqli klassik matolardan, bluzka esa oq rangda bo’lishi lozim.  Yubkaning uzunligi tizzadan yuqori bo’lmasligi kerak.
  • Aksessuarlar (sumka, kuzoynak va bezaklar) xam korporativ uslubga mos xolda tanlanishi, ortiqcha bezaklardan xoli bo’lishi, zargarlik takinchoklari (zirak, uzuk va boshqalar) ko’zga yaqqol tashlanmaydigan tarzda taqilishi lozim.
  • Sochlar orasta yig’ilgan, o’rilgan yoki turmaklangan, ortiqcha aksessuarlardan xoli bo’lishi kerak.  
  • Oq xalat va shunga monand bosh kiyim toza, tekis, tizzadan pastda turishi, yengi uzun (faslga qarab), klassik uslub da, chet el va turli xil firma yorlikdaridan xoli bo’lishi lozim.
  • Tibbiyot muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan va ta’lim olayotgan erkak tibbiyot xodimi va talabalariga qo’yilgan talab:
  • Xodimlar kasbdoshlari o’rtasida, shuningdek, bemorlar bilan muloqot jarayonida ularga xurmat va mexr-muruvvat ko’rsatishlari kerak.
  • Ustki kiyimning turlari bichimi klassik shakldagi kostyum, shim, kuylak xamda galstukdan iborat bo’lishi kerak.
  • Kostyum va shimlar qora, kulrang, ko’k ranglardagi sidirra yoki chizikli matolardan, kuylaklar esa ochik ranglarda (ok, kulrang, ko’k) bo’lishi lozim.
  • Galstukning kengligi o’rtacha, uzunligi kamargacha bo’lib, rangi kostyum va kuylakka mos tanlanishi kerak.
  • Talaba yigitlar talabaga mos ruchka, kalam, kitob, daftarlar solib yurish mumkin bo’lgan, rangi ustki kiyimga yarashimli ora, kulrang, jigar rangdagi sumka-portfellar tutishlari lozim.
  • Oq xalat va shunga monand bosh kiyim toza, tekis, tizzadan pastda turishi, yengi uzun (faslga qarab), klassik uslubda, chet el va turli xil firma yorliklaridan xoli bo’lishi lozim.

IV.  Muassasa xodimlari va talabalarning kiyinishida man qilinadigan holatlar

Ayol xodima va talaba qizlar uchun:

1

  • Uzunligi tizzadan kalta bo’lgan, shaffof va yaltirok matolardan tikilgan, bichimi tor, ko’krak, qorin, yelka qismi ochiq bluzka va kuylaklar kiyish;
  • Bezak sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga mos kelmaydigan yozuvlar, turli reklama ma’lumotlari, davlat ramzlari, zuravonlik, faxsh elementlarini targ’ib qiluvchi rasmlar va yozuvlar aks etgan, rusum sifatida “yirtilgan”, “titilgan” va jinsi matosidan tikilgan kiyimlarda yurish;
  • Muassasa xududida sport kiyimlari, kalta shim va krossovkalarda yurish (jismoniy tarbiya darslari va darsdan so’ng talabalar turar-joyi binosi, sport maydonchalari va xasharlardan tashqari);
  • Xijob va boshqa diniy kiyimboshlarda yurish;
  • O’quv anjomlarini pyzg’op, bozor-uchar uchun muljallangan paket-xaltalarda olib yurish;
  • Quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurish;
  • Oq xalat va kiyimlarda turli xil chet el va boshqa firma yorliqlari bo’lishi taqiqlanadi.

Erkak xodim va talaba yigitlar uchun:

2

  • Bichimi tor, yaltiroq, badanga yopishib turadigan xamda ma’naviy-axlokiy tarbiyaga mos kelmaydigan yozuvlar, turli reklama ma’lumotlari, davlat ramzlari, zuravonlik, faxsh-elementlarini targ’ib qiluvchi rasmlar va yozuvlar aks etgan, rusum sifatida “yirtilgan”, “titilgan" va jinsi matosidan tikilgan kiyimlarda yurish;
  • Muassasa xududida sport kiyimlari, kalta shim va krossovkalarda yurish (jismoniy tarbiya darslari va darsdan so’ng TTJ binosi, sport majmuasi va xasharlardan tashqari);
  • O’quv anjomlarni ro’zg’or, bozor-uchar uchun muljallangan paket-xaltalarda olib yurish;
  • Soch-soqollarni o’stirib yurish;
  • Bo’yin taqinchoqlari yoki turli metall buyumlarini taqish yoki osib yurish;
  • Oq xalat va kiyimlarda turli xil chet el va boshqa firma yorliqlari bo’lishi taqiqlanadi.
2024.19.02. ассистент Холбеков Б.К.