1

nafas

massag'

1. P.SAFAR UCHLIGI

Reanimatologiyadan.

P.Safarning uchlik usuli — o’pka-yurak reanimatsiyasining nafas yo’llari o’tkazuvchanligining tiklashning bir usuli xisoblanadi. Bu usul Piter Safar tomonidan 1957 yili kiritilgan.

2. GEYMLIX USULI

Reanimatologiyadan.

Geymlix usuli - nafas yo’llariga qattiq jism (ovqat burdasi, mayda o’yinchoqlar va x.k.) tiqilishidan kelib chiqgan shoshilinch holatlarda yordam berish usulidir.

3. SELLIK USULI

Reanimatologiyadan.

1961 yil Brayan Artur Sellik birinchi marta kirish narkozi vaqti [uzuksimon tog’ayni], bosish orqali regurgitatsiyani oldini olish mumkinligini e’lon qilgan. Xozirgi kungacha bu usul Sellik nomi bilan ataladi.

4. KONIKOTOMIYA

Reanimatologiyadan.

Konikotomiya (krikokonikotomiya, krikotireoidotomiya) – nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash uchun qalqansimon va uzuksimon tog’aylar aro membranani teshish muolajasidir.

5. HAVO O’TKAZUVCHI NAYCHA QO’YISH

Reanimatologiyadan.

Nafas olish yo’llarining o’tkazuvchanligini tiklash va ushlab turish usullaridan biri havo naychalarini nafas yo’llariga kiritish kiradi. Og’iz va burun havo naychalarini kiritilishi xalqumgacha bulgan o’tkazuvchanlikni saqlashga imkon beradi, chunki bu tilning orqaga tortilishiga to’sqinlik qiladi.

6. TRAXEYA INTUBATSIYASI

Reanimatologiyadan.

Traxeya intubatsiyasi nafas yo’llarining o’tkazuvchanligini ta’minlashning "oltin standarti" sifatida o’zini namoyon qildi va bir necha kungacha sun’iy ventillyatsiya o’tkazish uchun tanlov usuli hisoblanadi. Amaliyotda endotraxeal trubka laringoskop orqali og’iz bo’shlig’i-halqumdan o’tkazilib ovoz bog’lamlari orasidan traxeyaga kiritiladi.

7. LARINGIAL NIQOB O’RNATISH

Reanimatologiyadan.

Laringeal niqob (LN) orqali ventilyatsiya, hushi o’zida bo’lmagan yoki qayt qilish refleksi susaygan bemorlarga shoshilinch yordam berish vaqtida qo’llaniladigan usul bo’lib, bu usul boshqa nafas yo’llarini tiklash usullariga qaraganda texnik jihatdan osonroq bajariladi.

8. OG’IZDAN-OG’IZGA SUN’IY NAFAS BERISH

Reanimatologiyadan.

Og’izdan og’izga nafas berish shifoxonagacha bo’lgan bosqichda to’liq gigiyenik himoyalangan holda olib boriladi.

9. OG’IZDAN-BURUNGA SUN’IY NAFAS BERISH

Reanimatologiyadan.

Og’izdan burunga nafas berish shifoxonagacha bo’lgan bosqichda to’liq gigiyenik himoyalangan holda olib boriladi.

10. AMBU QOPCHASI BILAN SUN’IY NAFAS BERISH

Reanimatologiyadan.

Ambu qopchasi bilan sun’iy nafas berish, reanimatsiyada keng tarqalgan bo’lib, shifoxonagacha va shifoxona bosqichlarida keng ishlatiladi.

11. "S" SIMON NAYCHA ORQALI SUN’IY NAFAS BERISH

Reanimatologiyadan.

«S» simon naychalar bilan nafas berish xozirgi kunda turli xil yuz niqoblari amaliyotga tadbiq qilinganligi tufayli shifoxonagacha bo’lgan bosqichda kamdan-kam hollarda olib boriladi.

12. YURAK TASHQI MASSAJI

Reanimatologiyadan.

Yurak massajini yurakni to’sh va umurtqa pog’onasi o’rtasida siqib, qonni katta va kichik qon aylanishining doirasiga haydab shu bilan va hayotiy muhim a’zolar funksiyalarini sun’iy ravishda ushlab turish amaliyotidir.

13. MARKAZIY VENA KATETERIZATSIYASI

Reanimatologiyadan.

Yuqori vena kava kateterizatsiyasi. Yuqori vena kava kateterizatsiyasi vena cava superior ni "o’mrov osti" yoki "o’mrov usti" orqali doimiy maxsus kateter kiritish amaliyotidir.

14. SUYAK ICHI PUNKSIYASI

Reanimatologiyadan.

Shoshilinch tibbiyotda markaziy va periferik venalar kateterizatsiyasiga muqobil usul bo’lib suyaklar ichi punksiyasi va kateterizatsiyasi qabul qilingan. Bu usulni amalga oshirish uchun 1 daqiqagina vaqtni talab etadi.

15. PERIFERIK VENA KATETERIZATSIYASI

Reanimatologiyadan.

Periferik venalarni kateterlash – uzoq vaqt davomida infuzin-transfuzion terapiya va x.k. o’tkazish maqsadida vena tomirlarga maxsus kateterni kiritish usulidir.

16. KARDIOMONITORING O’TKAZISH

Reanimatologiyadan.

Elektrokardiografiya - yurak tekshiruvining ajralmas qismi bo’lgan yurakning elektr faolligini qayd etish usuli. Elektrokardiografiya yoki kardiomontoring «monitor» uskunalari orqali tekshirilib boriladi.

17. DEFIBRILLYATSIYA O’TKAZISH

Reanimatologiyadan.

Defibrillyatsiya-yurak faoliyatini yagona doimiy elektr impuls vositasida tiklash usulidir. Avtomatik defibrillyatsiya —[defibrillyator - AND] uskunasi orqali amalga oshiriladi.

18. MARKAZIY VENOZ BOSIMNINI ANIQLASH

Intensiv terapiyadan.

Tibbiyotda markaziy venoz bosim (MVB) yurakning o’ng bo’lmachasidagi bosim nazarda tutiladi. Bu ko’rsatkich yurak-qon tomir kasalliklari va o’pka patologiyalarini to’g’ri tashxislash uchun juda muhimdir.

19. OSHQOZONNI YUVISH

Intensiv terapiyadan.

Oshqozonni yuvish asosan oshqozondan toksik moddalarni chiqarish (terapevtik), ba’zi tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun amalga oshiriladi. Bu usul oshqozonga tushgan toksinlar va zaharlardan organizmni tozalash usuli bo’lib, ko’pincha o’tkir zaharlanishda qo’llaniladi.

20. SIYDIK PUFAGINI KATETERIZATSIYA QILISH

Intensiv terapiyadan.

Siydik pufagini kateterizatsiya qilish urologiyada keng tarqalgan muolaja hisoblanadi. Kateterizatsiya terapevtik yoki diagnostik maqsadlarda uretraga kateterni (naychani) kiritish orqali amalga oshiriladi.

21. KISLOROD TERAPIYA O’TKAZISH

Intensiv terapiyadan.

Kislorodli terapiya - kislorod yordamida kasalliklarni davolash usuli. "Kislorod terapiyasi" atamasi lotincha "oksigenium" (kislorod) va "terapiya" (davolash) so’zlaridan kelib chiqqan. Maqsad - to’qimalarga ko’proq kislorod yetkazib berishdir.

22. SPINAL PUNKSIYA

Intensiv terapiyadan.

Lyumbal punksiya (orqa miya punksiyasi) - bel umurtqalar orasidan orqa miya kanaliga (subaraxnoidal bo’shlig’iga) maxsus igna kiritilishidir. Bu muolaja orqa miya suyuqligi, tarkibini diagnostika qilish, shuningdek davolash yoki anesteziya o’tkazish maqsadlarda amalga oshiriladi.

23. TERMINAL ANESTEZIYA

Anesteziologiyadan.

Terminal (applikasiyali, yuzaki) anesteziya. Texnik jihatdan, to’qimalarni mahalliy anesteziya qilishning eng oddiy usuli yuzaki yoki applekasiyali anesteziya bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, to’qimalarga anestetikni surtish yoki purkash yo’li bilan mahalliy og’riqsizlantirish keltirib chiqariladi.

24. INFILTRATSIYALOVCHI ANESTEZIYA

Anesteziologiyadan.

Mahalliy infiltratsiyali anesteziya tibbiyotda keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha nervlar blokadasidan (regionar anesteziya) bajarilishi jihatdan oddiyroq va oson usul hisoblanadi. Infiltrasiyali anesteziya to’qimalarda nerv oxirlari va nerv tolalariga anestetik moddalarni singdirib anesteziya qilishdan iborat.

25. O’TKAZUVCHI ANESTEZIYA

Anesteziologiyadan.

O’tkazuvchi anesteziya usuli, regionar anesteziya turiga kiradi. Qo’l va oyoq barmoqlarining distal va o’rta barmoqlarida operatsiya vaqti qo’llaniladi. Anestetikni to’g’ridan-to’g’ri jarrohlik amaliyoti o’tkaziladigan sohaga tegishli ushbu sohani innervatsiya qiladigan nervlar yoniga yuboriladi.

26. FUTLYAR BLOKADA

Anesteziologiyadan.

A.V.Vishnevskiy ning futlyar novokain blokadasi qo’l-oyoqlardagi operatsiyalarda og’riqsizlantirishning asosi bo’lib, anestetikni infiltratsiya usuli yordamida kesma davomida qatlam bo’ylab kiritib amalga oshiriladi.

27. EPIDURAL ANESTEZIYA

Anesteziologiyadan.

Epidural anesteziya - bu usul regionar anesteziyaning bir turi bo’lib, anestetikning epidural bo’shliqqa maxsus igna yoki kateter orqali (uzoq vaqtli anesteziya) kiritib, tananing ma’lum qismlarida inervatsiya qiluvchi nervlarning bloklash hisobiga anesteziya chaqirish usullaridan biridir.

28. SPINAL ANESTEZIYA

Anesteziologiyadan.

Orqa miya anesteziyasi (lyumbal) - bel umurtqalar orasidan orqa miya kanaliga (subaraxnoidal bo’shlig’iga) maxsus igna orqali anestetik kiritilishidir. Bu muolaja anesteziya o’tkazish maqsadlarda amalga oshiriladi.

O’PKA-YURAK REANIMATSIYASI

Reanimatologiyadan.

O’pka-yurak reanimatsiyasi ikki kishi bajarilganda 30:2 nisbatda olib boriladi.

REANIMATSIYA TADBIRLARINING BOSHLANG’ICH BOSQICHI

Reanimatologiyadan.

Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash asosan P.Safarning uchlik usulidan boshlanadi.

Муаллиф: ассистент Холбеков Б.К. 2024.19.02.